Mehr-oqibat va sahovat ayyomi barchangizga muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!

Xalqimiz azal-azaldan xayr-u sahovat, muhtojlarga ko'maklashish, mehr va oqibat singari chin insoniy fazilatlarni qadrlagan. Millatimizga xos bo'lgan ana shunday yuksak qadiryatlarimizdan yana biri, shubhasiz, muqaddas ayyom hisoblanmish Qurbon hayitini nishonlashdir. Bu kunda barchamiz ezgu tilaklar qilamiz, yaqinlarimiz holidan xabar olamiz. Shu fursatdan foydalanib barchangizni muborak ayyom bilan samimiy qutlayman!

Aziz yurtdoshlar! Xonadoningizdan fayz-u barokat, oilangizdan baxt-u saodat, qalbingizdan halovat aslo arimasin! Kelgusi muborak Qurbon hayitini ham sog'-omonlikda, tinchlik-osoyishtalikda kutib olish nasib qilsin. Bayram muborak bo'lsin!

Hurmat bilan Zokir Bazarov,

SamDCHTI akademik litseyi ijrochi direktori.