BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ USTOZLAR!

Dunyoga kelgach ilk tushuncha va tasavvurlarni ota-onamiz vositasida shakllantirsak-da, hayot so’qmoqlarida atak-chechak qilishni, to’siqlarga qaramay odimlashni, har bir mag’lubiyatdan saboq olib, oldinga intilishni, eng muhimi bu yo’lda insoniylikni yo’qotmaslikni, hech shubhasiz, muallimdan o’rganamiz.

Bugun mamlakatimizda ana shunday zalvorli kasbning yukini Sharaf bilan ko’tarayotgan, betinim mehnatlari evaziga yosh avlodga oq-u qora, yaxshi yomonni farqlashda ko’mak berib, to’g’ri yo’lga boshlayotgan o’qituvchi va murabbiylar farzandlarni manzilga tomon og’ishmay borishlarida beminnat xizmat qilayotgan Zuhro yulduzidirlar. Ana shunday mehribon, o’z kasbiga sadoqatli, o’quvchilarni o’z farzandidek suyib, ta’lim-tarbiya berayotgan muallimlar bor ekan, bu millatdan Ulug’beklar, Boburlar-u Nodiralar yetishib chiqaveradi!

Shu fursatdan foydalanib, barcha ustoz va murabbiylarimizni, o'z kasbining fidoyilarini bayram bilan muborakbod etaman!

Sizlarga oilaviy baxt, osoyishtalik, xotirjamlik va quvonch hamisha hamrox bo'lsin. Har dam el ardog'ida bo'lib, komil insonlar tarbiyalashdan aslo charchamang!

Zokir Bazarov,

SamDCHTI akademik litseyi ijrochi direktori