Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyati litsey jamoasiga yetkazildi

Xabaringiz bor, 2022-yilning 20-dekabr kuni Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida 2023-yil davlat dasturida amalga oshiriladigan ishlar, sohalarda bo’ladigan o’zgarishlar bildirib o’tildi.

Shu munosabat bilan, SamDCHTI akademik litseyi ijrochi direktori Zokir Bozorov tomonidan litsey jamoasiga Yurtboshimiz Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, ta’lim, xususan, oliy ta’lim tizimida amalga oshiriladigan rejalar, o’qituvchilarga qaratiladigan e’tibor hamda ular uchun yaratiladigan shart-sharoit kabilar yetkazildi.

"Barcha ta'lim muassasalari qatorida bizning akademik litseyimizda ham o'quvchilarning jahon ta'lim standardlari darajasida tahsil olishini ta'minlash, oliy ta'limga qamrov darajasini yanada yaxshilash va malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga o'z hissamizni qo'shish asosiy vazifamiz" – dedi SamDCHTI akademik litseyi ijrochi direktori Zokir Bozorov.