Siz sabab osuda kun-u, tunimiz!

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, Vatanimiz, tinchlik hamda osoyishtaligimiz, osuda va farovon hayotimiz posbonlari bo'lmish Vatan himoyachilari! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14-yanvar – "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Aynan sizlarning mardona xizmatlaringiz tufayli osmonimiz musaffo, yurtimiz obod, xalqimiz hayoti tobora farovon bo‘lmoqda.

O‘z hayotini yurt himoyasidek ulug‘ va sharafli ishga baxshida etib, ana shunday mas’uliyatli va oliyjanob vazifani sharaf bilan ado etayotgan mard, jasur va sadoqatli harbiylarimizga chuqur minnatdorchilik bildiraman! Yurt himoyasi, xalq mudofaasida aslo charchamang!

Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin!

Hurmat bilan Zokir Bazarov,

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi ijrochi direktori