Navro’zi olam barchamizga muborak bo’lsin!

Assalomu alaykum qadri baland qadrdonlar. Sizlarni barchamiz orzuqib kutgan, go’zal va dilbar bayram - Navro’zi olam bilan chin yurakdan qutlayman!

Ushbu ulug’ ayyom - sharqona yangi yil bilan sizga va oilangizga eng ezgu tilaklarni tilab qolaman.  Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo’lsin.  Xonadonlarimizdan mehr-oqibat, fayz-u baraka arimasin!

Navro’zi olam barchamizga muborak bo’lsin!