1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni bilan chin dildan qutlayman

“Аgar shogird shayxulislom, agar qozidur,

Agar ustoz rozi – Tangri rozidur”, deydi Аlisher Navoiy hazratlari.

 

 

Haqiqatan ham, koʼz nuri va qalb qo‘rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag‘ishlagan, bir so‘z bilan aytganda, Vatanimiz ertangi kunining poydevorini yaratayotgan ustozlarning olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz.

 

Aziz hamkasblar,  zahmatkash ustozlar, qadri baland ziyolilar!  Siz yelkangizga millat ertasini qurish - yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishdek vazifa olgan kelajak bunyodkorisiz.

 

Shu munosabat bilan barchangizni 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni bilan chin dildan qutlayman, Barchangizga kasb  bayrami muborak bo‘lsin,  azizlar!

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati