14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi bilan tabriklayman

Assalomu alaykum qadrli ustozlar, hurmatli hamkasblar, aziz talabalar!

Barchangizni xalqimiz va yurtimiz uchun muhim bo‘lgan kun, ya'ni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi bilan tabriklayman.

Akademik litsey jamoasi ham mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish, yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida e’tirofga sazovor faoliyat olib bormoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Vatan himoyachilari kuni – bu nafaqat harbiylarimiz bayrami, balki o‘z hayotini xalqimiz baxt-u iqboli va Vatanimiz ravnaqi yo‘liga bag‘ishlagan barcha insonlarga ehtirom ko‘rsatadigan muhim kundir. Ularning mardligi va jasorati biz uchun, farzandlarimiz uchun har doim namuna bo‘lib qoladi.

Shu munosabat bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman.

 

Hurmat bilan,

SamDCHTI AL ijrochi direktori  D.Islomov