Bayramingiz muborak muhtarama ayollar!

Dunyoda eng mo'tabar va aziz zot, shubhasiz, Onadir. Negaki, ona butun xalq, millat kelajagini tarbiyalovchi, yuksak ma'naviyatli inson sifatida kamol toptiruvchi, o'z mehr-muhabbati, qalb qo'rini, qolaversa, butun umrini farzandiga baxshida etuvchi siymodir. Shuning uchun ham ayollar, avvalo, ona sifatida, qolaversa, qadrli opa-singil, suyukli yor sifatida hamisha e'zozdadir.

Ayolni e’zozlash, ayolga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Negaki, ayol bor ekan olamda go'zallik, ezgulik, nafosat hukm suradi. Ayol bor ekan shoir-u yozuvchilar ulardan ilhom olib, ularni madh etib o'chmas, go'zal asarlar yarataveradi.

Aziz opa-singillar, muhtaram ayollar! Ushbu qutlug‘ ayyom – 8-mart bayrami bilan butun mamlakatimiz ayollarini, muhtarama onaxonlarimiz, munis opa-singillarimiz, go‘zal qizlarimizni chin qalbimdan, samimiy muborakbod etaman. O'zingiz singari go'zal va beg'ubor bahor kunlarida nishonlanayotgan bayramda barchangizga ezgu tilaklarimni bildirmoqchiman: Yuzingizdan go'zal tabassum, qalbingizdan shodlik aslo arimasin. Oilaviy baxt va quvonch, tinchlik va xotirjamlik doimiy hamroxingiz bo'lsin. Mutabar ona, qadrdon opa yoki singil, suyukli yor sifatida hamisha hurmat va e'zozda bo'lishingiz tilakdoshiman.

 

Zokir Bazarov,

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi ijrochi direktori.