Ajdodlar xotirasi mangu o’chmagay

"Xotira — millatning o’zligi, sharafi-shoni. Xotira — qadim qadriyatlardan so’zlovchi kitob. Xotira — barhayot o’tmish hamda yorqin kelajak o’rtasidagi ko’prik.

Qadrli yurtdoshlar barchangizni 9-may “Xotira va qadrlash kuni” bilan chin qalbdan muborakbod etgan holda oilangizga tinchlik, xotirjamlik va fayz-u barokat tilayman. Bugungi dorulomon kunlarga shukronalik hissi ila osoyishta va farovon yurtimizda hayot gashtini surish nasib etsin!

Xalq farovonligi, yurt ravnaqi yo’lida jonini fido qilgan, bugungi avlodlar uchun farovon hayot yaratshda beqiyos jasorat ko’rsatgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida ularning o’chmas xotirasiga nisbatan yuksak hurmat va ehtiromni shakllantirish ertangi mustahkam va porloq kelajak garovidir."

 

Zokir Bazarov,

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi ijrochi direktori.