Akademik litseylarga hujjatlar 10-iyundan onlayn qabul qilinadi
Unga ko‘ra, akademik litseylarga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Yagona ta’lim xizmatlari portali” my.edu.uz platformasi orqali joriy yil 10-iyundan 30-iyunga qadar bepul amalga oshiriladi.
Respublikamizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari haqidagi ma’lumot platformada avtomatik shakllanadi. Faqat ular imtiyoz beruvchi hujjat va 3,5x4,5 hajmdagi fotosurat (agar pasport/ID olmagan bo‘lsa) yuklashlari zarur bo‘ladi.
Shuningdek, platformada:
– abituriyent ta’lim yo‘nalishi, tili, qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini ko‘rsatadi;
– ularga uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi.