"Xayr litsey, salom oliygoh!"

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi bitiruvchilari o'quv yilini muvaffaqiyatli yakunlab, yangi hayot sari qadam qo'ymoqdalar.

Bugun SamDCHTI rektori I.M.To'xtasinov, SamDCHTI akademik litseyi direktori F.Sh.Ro'ziqulovlar akademik litsey bitiruvchilarini ta'lim dargohidagi tahsilni muvaffaqiyatli yakunlaganlari bilan samimiy tabriklashib, ularga kelgusi o'qishlari omad va zafarlar tilashdi.

Mas'ullar bitiruvchilarga diplomlar topshirish bilan bir qatorda o'quvchilarni tahsil davomidagi a'lo o'zlashtirish ko'rsatkichlari, olimpiada va musobaqalardagi faxrli natijalariga ko'ra sertifikat va esdalik sovg'alari bilan ham taqdirlashdi.

So'ngra tadbir kuy-qo'shiqlar va o'quvchilarning bir-biridan qiziqarli ijod na'munalariga ulanib, farzandi kamolini ko'rish uchun tashrif buyurgan ota-onalar hamda mehmonlarning diliga xushnudlik baxsh etdi.

Tadbir davomida olimpiada hamda nufuzli musobaqalarda faxrli natijalarni qayd etgan, akademik litseydagi tahsil jarayonida a'lo o'zlashtirishi hamda na'munali xulqi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lgan o'quvchilarning ota-onalariga SamDCHTI akademik litseyi direktori Ro'ziqulov Fazliddin Shukurovich tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.