Akademik litseyda “Konstitutsiya – meniki, sizniki va barchamizniki!” nomli targ'ibot tadbiri oʻtkazildi
Bugun, 5-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida “Konstitutsiya – meniki, sizniki va barchamizniki!” nomli targ'ibot tadbiri oʻtkazildi.
Jarayonni akademik litsey ijrochi direktori Zokir Bazarov kirish so'zi bilan ochib berdi va yangilanayotgan Konstitutsiya to'g'risida so'z yuritdi.
Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilangani, inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar uch yarim baravarga ko‘paygani hamda shulardan kelib chiqib, loyihani yangi tahrirdagi Konstitutsiya sifatida qabul qilish uchun barcha asoslar yetarli ekanligi shular jumlasidan.
Jarayonda litseyning professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari, Samarqand viloyat hokimligi vakillari, Samarqand shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari mehmon sifatida ishtirok etishdi.
SamDCHTI akademik litseyi Axborot xizmati