Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi o’quvchilari ekskursiyada!

Akademik litseyning 205-guruh o’quvchilari ishtirokida Samarqand shahridagi “Ipak yo’li Xalqaro Turizm” universitetiga ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiyani akademik litseyning ingliz va rus tili o’qituvchilari Finashina Irina Aleksandrovna va Norbayeva Iroda Abdurashidovnalar boshqarib borishdi.

O’quvchilar ushbu kundan bir olam taasurotlar bilan qaytishdi, mana shunday ekskursiya va sayohatlar o’quvchilarni Oliy ta’lim muassasalarida o’qishga bo’lgan qiziqishini yanada orttiradi. Bunday ekskursiyalarni yanada ko’proq tashkil etsak maqsadga muvofiq bo’ladi albatta.