"Zakovat" intellektual o'yini nihoyasiga yetdi!
An'anaviy tarzda o'tkazib kelinadigan bilimdonlar bahsi, 7 ta tur davomida o'quvchilarni zukkolikka, ziyraklikka o'rgatib, intellektual salohiyatini rivojlantirib kelayotgan "Zakovat" o'yini o'z nihoyasiga yetdi. Akademik litsey mas'ul hodimlari tomonidan tashkil etilgan ushbu o'yinga homiylar tomonidan bir million so'm pul mukofoti qo'yilgan edi.
Jamoalar bundan oldingi 6 turdan mashaqqat bilan o'tib kelishdi va finalda kuchlilar g'alaba qozondi. "Zakovat" intelektual o'yini 7-tur natijalariga ko'ra 106-guruh jamoasi 55 bal bilan mutloq g'oliblikni qo'lga kiritdi, ikkinchi o'rinni 53 bal bilan 104-guruh jamoasi egallagan bo'lsa, uchinchi o'rin 50 bal bilan 207-guruh jamoasiga nasib etdi. Qolgan ishtirokchilar esa yangi bilimlar, yangi ma'lumotlar hamda ko'nikmalarga ega bo'lishdi, ikkinchi, uchinchi o'rin egalariga esdalik sovg'alari hamda diplomlar topshirildi.