Akademik litseyda “Ochiq eshiklar” kuni bo’lib o’tdi.

Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyida “Ochiq eshiklar” kuni bo’lib o’tdi. Loyiha doirasida Samarqand shahri va tumanlaridagi maktab o’quvchilari akademik litseyga kelib undagi ta’lim sifati hamda o’quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi, akademik litsey ijrochi direktori Boburjon Abdurazzoqov o’quvchilar bilan do’stona suhbat qurib, bugungi kundagi sifatli ta’limning ahamiyati hamda yoshlarning bilim olishi kelajakda yetuk kadrlar bo’lib yetishishlari haqida ta’kidladi.

 

So’ngra badiiy qism boshlanib, unda iqtidorli o’quvchilar tomonidan turli millat madaniyatlari aks ettirilgan raqs va qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari namoyish erildi. Aynan bunday loyihalarni amalga oshirishdan maqsad yoshlarni bilimga qiziqishlarini orttirish hamda yetuk kadrlarni tayyorlashdan iborat.

 

 

SamDCHTI akademik litseyi axborot xizmati