Akademik litseyda “Koreys milliy o‘yinlari va amaliy san’ati” festivali o‘tkazildi
Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Koreya elchixonasi qoshidagi Koreys ta’lim markazi hamkorligida SamDCHTI akademik litseyida “Koreys milliy o‘yinlari va amaliy san’ati” festivali o‘tkazildi.
Festivalda Samarqand viloyatidagi koreys tilini o‘rganuvchi maktab va litsey o‘quvchilari qatnashishib, o‘n yetti turdagi milliy o‘yinlarda katta qiziqish bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, Koreys milliy hunarmandchiligi va san’ati bilan ham yaqindan tanishishdi.
Jarayonlar so‘ngida barcha qatnashchilarga esdalik va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Bu kabi tadbirlar nafaqat millatlararo munosabatlarda ko‘prik vazifasini o‘taydi, balki yoshlarda turli tillar va madaniyatlarni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq ortishiga sabab bo‘ladi.