Gavharimsan, Ona tilim
Joriy oʻquv yilining 21-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan ,,Gavharimsan, Ona tilim" nomli madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda akademik litsey mas'ullari, SamDCHTIdan tashrif buyurgan mehmonlar hamda o'quvchilar ishtirok etishib, ona tilimiz qadr-qimmati, uning milliyligi hamda davlatchiligimizda tutgan o'rni haqida so'z yuritishdi.
O'quvchilar ona tilimizga bag'ishlangan ijod na'munalari bilan yig'ilganlarga xush kayfiyat baxsh etish bilan bir qatorda ona tilimizni o'zida mujassam ettirgan turli she'r, raqs hamda sahna koʻrinishlari bilan tadbir kuzatuvchilarning olqishlariga sazavor boʻlishdi. Tadbir so'ngida tadbirda faol ishtirok etgan oʻquvchilarga estalik sovgʻalari topshirildi.