Akademik litseyda mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ,,Bilimlar kuni" tadbiri hamda, Mustaqillik darslari yuqori saviyada tashkil etildi

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ,,Bilimlar kuni" tadbiri hamda, Mustaqillik darslari yuqori saviyada tashkil etildi. Shuningdek ushbu quvonchli kunda  bayram tuhfasi sifatida Akademik litseyning  yangi, zamonaviy hamda barcha sharoitlariga ega   Talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

 

Akademik litseyga kirishda yuqori ball to'plagan 1-bosqich o'quvchilari   ,,Tashakkurnoma"lar bilan taqdirlandilar.

 

Tadbir davomida ota onalar ham so'zga chiqishdi va TTJ ochilishi jarayonida faol qatnashishdi. Ota-onalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchbu tadbir akademik litsey o'quvchilarining kelajagi uchun yangi maktab vazifasini o'tadi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati