Olimpiada g'oliblari taqdirlandi

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan bir qator bilimli o'quvchilar fan olimpiadalari hamda respublika musobaqalarida faol oshtirok etib kelmoqda. Akademik litsey o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan fan olimpiadalarining viloyat bosqichi ham shular jumlasidandir.

Bugun SamDCHTI akademik litseyida ertalabki saflanish vaqtida viloyat olimpiadasida faxrli o'rinlarni egallagan, fransuz tili bo'yicha eng yuqori natijalarni qayd etgan, shuningdek, "Barkamol avlod" sport musobaqalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar diplom, faxriy yorliq hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Bundan tashqari, jarayon davomida akademik litsey direktorining “Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy masalalar” bo’yicha o’rinbosari o'quvchilar bilan dars jarayonlarida muntazam va faol qatnashish hamda litsey ichki tartib-qoidalariga qat’iy amal qilish singari masalalar bo'yicha ham suhbatlashdi va bu borada guruh rahbarlariga alohida ko'rsatmalar berildi.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati