Zulfiya - sevgi va sadoqat kuychisi

O'zbekiton xalq shoirasi, nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda taniqli ijodkor Zulfiyaxonim ijodini o'rganish, har yili uning tavallud ayyomiga bag'ishlab turli tadbirlar, mushoiralar o'tkazish odat tusiga kirib ulgurgan.

Ana shunday tadbirlardan biri bugun Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida ham tashkil etildi. Tadbirni SamDCHTI akademik litseyi ijrochi direktori Zokir Bazarov Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodi haqidagi fikr-mulohazalari bilan ochib berdi.

Jarayon davomida shoiraning beqiyos she'rlari o'quvchilar tomonidan ijro etildi, bundan tashqari, o'quvchilar turli tillarda Zulfiya hayoti va ijodi haqida ma'lumotlarni  so'zlab o'z tengdoshlari va tadbir qatnashchilari bilan bo'lishdilar.

Shuningdek, iste'dodli o'quvchilarning raqs va kuy-qo'shiqlari bir-biriga ulanib, tadbir ishtirokchilarining diliga xushnudlik baxsh etdi.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati