Akademik litsey jamoalaridan ajoyib natijalar

Talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularda aqliy, jismoniy hamda ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish maqsadida turli to'garaklar bilan bir qatorda haftaning har chorshanba kunida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida  "Zakovat" intellektual o'yinlari ham muntazam tashkil qilib borilayotganligidan xabaringiz bor.

Mazkur intellektual o'yinning barcha sonlarida SamDCHTI akademik litseyining bir guruh o'quvchilari, jumladan, "Victoria" hamda "Forever" jamoalari ham faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Xususan, kecha ,16-mart kuni o'tkazilgan o'yinda akademik litseyning "Victoria" jamoasi deyarli barcha savollarga to'g'ri javob berib, o'yinda ishtirok etgan yettita jamoa ichida mutloq g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'lsa, akademik litseyning yana bir jamoasi hisoblangan "Forever" jamoasi a'zolari faxli 3-o'rinni egalladi.

G'olib jamoalarni erishgan yutuqlari bilan qutlaymiz!

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati