Koshida Toshiyuki

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida bir qator xorijlik mutaxassislar faoliyat olib borayotganligi haqida xabar bergan edik.

Xususan, Uzoq sharq tillari kafedrasidan tashrif buyurgan yaponiyalik valantyor Koshida Toshiyuki o’z faoliyatini davom ettirmoqda. Darslar davomida o'quvchilar mutaxassis bian to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish barobarida o'zlarining yapon tilidagi bilim hamda ko'nikmalarini yanada mustahkamlamoqdalar.

Shuningdek Koshida Toshiyuki dars davomida o'quvchilar bilan turli xil qiziqarli o'yinlar, aqlni charxlovchi mashg'uloqlar, guruhlar kesimida bahs, qizg'in savol-javoblar o'tkazmoqda.

Shubhasiz, bu kabi mashg'ulotlar akademik litseyda tahsil olayotgan o'quvchilarning ilmiy salohiyati yanada oshishiga, dars jarayonlarining sifatli va samarali tashkil etilishiga o'zining ijobiy hissasini qo'shadi.