Mustaqil Dalatlar Hamdo’stligi tashkil etilganligiga 30 yil to’ladi

Ma’lumki, joriy yil dekabr oyida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) tashkil etilganligiga 30 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan, oliy ta’lim muassasalarida, akademik litsey, texnikum, kollej va kasb-hunar maktablarida o’quvchi-talabalarni MDH faoliyati bilan tanishtirishga bag‘ishlangan bir martalik darslar tashkiletilishi lozim ekanligi belgilab qo’yilgan edi.

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida bugun, 5-noyabr sanasida o’tkazilgan “Ma’naviyat soati” MDH tashkil etilganligining 30 yilligiga bag’ishlandi. Darslar davomida akademik litsey o’quvchilariga Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining tashkil topishi, mamalakatimizning unga a’zo bo’lishi, bugungi kunda tutgan o’rni hamda kelajakdagi istiqbolli rejalarimizda MDHning ahamiyati xususida ma’lumot berilib, fikr-mulohazalar bildirildi.

Xususan, MDH davlatlari bilan o’zaro hamkorlikni rivojlantirish mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri eikanligi, bu borada 2020-yil tariximizda muhim iz qoldirganligi, ya’ni mazkur yilda O’zbekiston MDHga raislik qilishdek mas’uliyatli vazifani ilk bor o’z zimmasiga olganligi haqida o’quvchilarga ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, guruh rahbarlari O’zbekistonning MDHga raislik davri pandemiya va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurash sharoitiga to’g’ri kelganligi, rejalashtirilgan tadbirlarning ko’p qismi yangi noodatiy sharoitlarda va onlayn formatlarda bo’lib o’tganligi, shunga qaramay, keskin vaziyatda, har qanday sharoitda ham O’zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarishda o’ziga xos salohiyatni namoyish etganligini alohida ta’kidladilar.

Jarayon davomida akademik litseyda tahsil olayotgan barcha o’quvchilar Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkiloti haqida yanada ko’proq ma’lumotga ega bo’ldilar.

 

Akademik litsey matbuot xizmati