SamDCHTI akademik litseyida 2022-2023 o'quv yili qabuli uchun yozma imtihonlar boshlandi
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyiga 2022-2023- o'quv yili qabuli uchun imtihonlar 13-14-15-16-iyul kunlari o'tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Bugun mazkur imtihonlarning yozma(diktant hamda insho) bosqichi start oldi. Jarayon avvalida nazoratchi hamda mas'ullar tomonidan o'quvchilarga yozma imtihon yozish tartibi haqida batafsil ma'lumot berilganidan so'ng imtihonlar boshlandi.
Ma'lumot o'rnida, o'quvchilar diktant yozish jarayonlarini yakunlagach, tanlangan mavzu bo'yicha insho yozishga kirishishadi.
SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati