Bayramingiz muborak, aziz talabalar!

Ilm yo'lida izlanishdan, mehnat qilishdan aslo charchamaydigan, aziz talabalar!

Sizlarni 17-noyabr - "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Sizlarga kelgusida katta muvaffaqiyat va zafarlar tilayman. Ilm cho'qqilarini egallash, yangi marralarni zabt etishda aslo charchamang. Qaysi soha vakili bo'lib yetishishingizdan qat'iy nazar o'z ishingizning yetuk mutaxassisi bo'lib yurtimiz, jamiyatimiz rivojiga munosib hissangizni qo'shishingiz tilakdoshiman. Bayram muborak, aziz talabalar!

 

Zokir Bazarov,

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi ijrochi direktori.