Milliy g'ururimiz bo'lmish bayrog'imiz qabul qilingan kun barchamizga muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!"

 

— "Bugun 18-noyabr. O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun. Shu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimdan muborakbod etaman.

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Shubhasiz, davlatimiz sharafiga o'zga davlatlarda yurtimiz bayrog‘i baland ko‘tarilganida, xorij safarlarida, boshqa davlatlarda O‘zbekistonimiz bayrog‘ini ko‘rganimizda, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida mamlakatimiz bayrog‘i hilpiraganida barchamizning qalbimiz o'zgacha hislar, faxr, g'urur tuyadi.

Vatan hissini yurakdan tuygan har bir inson borki, yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uning hurmat va sharafini chin qalbdan e'zozlaydi. Zero milliy bayrog‘imiz - mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.

Milliy g'ururimiz bo'lmish bayrog'imiz qabul qilingan kun barchamizga muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!"

Zokir Bazarov,
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi ijrochi direktori.