Xorijlik mutaxassislar faoliyati davom etmoqda

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida xorijiy tillarni o’rganayotgan o’quvchilarning bilimi va saviyasini oshirish hamda yanada mustahkamlash maqsadida qator xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilmoqda. Xususan, Samarqand davlat chet tillari instituti Uzoq sharq tillari kafedrasidan tashrif buyurgan yaponiyalik valantyor Koshida Toshiyuki o’z faoliyatini boshlaganligi haqida xabar bergan edik.

Yaponiyalik volontyor mutaxassis Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyidagi faoliyatini davom ettirmoqda. Dars jarayonida mutaxassis o’quvchilarga yapon tili, madaniyati hamda urf-odatlari haqida ma’lumotlar bermoqda. Bundan tashqari, darslarda o’quvchilar mutaxassis bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish barobarida o’zlarining yapon tilidagi bilim hamda ko’nikmalarini yanada mustahkamlamoqdalar.

Shuningdek Koshida Toshiyuki dars davomida o’quvchilar bilan turli xil qiziqarli o’yinlar, aqlni charxlovchi mashg’uloqlar, guruhlar kesimida bahs, qizg’in savol-javoblar o’tkazmoqda.

Shubhasiz, bu kabi mashg’ulotlar akademik litseyda tahsil olayotgan o'quvchilarning ilmiy salohiyati yanada oshishiga, dars jarayonlarining sifatli va samarali tashkil etilishiga o'zining ijobiy hissasini qo'shadi.