Ijara xonadonlarda yashovchi o'quvchilarning holidan xabar olindi

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi mas'ullari akademik litseyda tahsil olayotgan o'quvchilarning yashash sharoitlarini o'rganish, ularning darsdan tashqari bo'sh vaqtlari qanday o'tayotganligi bilan tanishish maqsadida uzoq tuman va viloyatlardan kelib, ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan o'quvchilar holidan xabar olishdi .

Jarayon davomida o'quvchilarni qiynayotgan muammo va ular duch kelayotgan qiyinchiliklar o'rganilib, ularning yechimlari bo'yicha maslahat va takliflar berildi. O'quvchilarning asosiy diqqat va e'tiborlarini o'z xavfsizliklari, salomatligi hamda o'qishlariga qaratishlari lozimligi alohida ta'kidlandi.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati