18-noyabr — O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun

– "Aziz yurtdoshlar! Bugun 18-noyabr davlatimiz ramzlaridan biri hisoblanmish O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun bilan siz azizlarni samimiy muborakbod etaman.

Shubhasiz, davlatimiz sharafiga o'zga davlatlarda yurtimiz bayrog‘i baland ko‘tarilganida, xorij safarlarida, boshqa davlatlarda O‘zbekistonimiz bayrog‘ini ko‘rganimizda, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida mamlakatimiz bayrog‘i hilpiraganida barchamizning qalbimizda o'zgacha hislar, faxr, g'urur uyg'onadi.

Vatanga muhabbat hissini yurakdan tuygan har bir inson borki, yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uning hurmat va sharafini chin qalbdan e'zozlaydi. Zero milliy bayrog‘imiz - mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.

Milliy g'ururimiz bo'lmish bayrog'imiz qabul qilingan kun barchamizga muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!"

Zokir Bazarov,
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi ijrochi direktori.