Moviy osmon uzra hilpira bayrog'im

SamDCHTI akademik litseyida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda akademik litsey mas'ullari, o'quvchilar hamda Milliy gvardiya xodimlari ishtirok etishib, davlatchiligimiz ramziga bag'ishlangan tadbirni tomosha qilishdi.

Tadbirda o'quvchilar bayrog'imiz haqida tadbir qatnashchilariga ma'lumot berish barobarida, o'z ijod namunalari hamda kuy-qo'shiqlar bilan ularning qalbiga xushnudlik baxsh etishdi.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati