O'quvchilar bo'sh vaqtini qanday o'tkazyapti?

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi o'quvchilar darslardan tashqari vaqtlarini qanday o'tkazmoqda?

O'quvchilarning kundalik turmush tarzini samarali tashkil etish, o‘z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi, darslarini muntazam ravishda bajarib borishi, qo'shimcha shug'ullanishini ta'minlash uchun talabalar turar joyida zaruriy barcha sharoitlar mavjud.

Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishga harakat qilayotgan o'quvchilar bo'sh vaqtlarida o'zlarining dars mashg'ulotlarini tengdoshlari bilan birgalikda, fikr va ma'lumotlar almashgan holda bajarib bormoqdalar. Shuningdek, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli xil to'garaklar tashkil qilingan.