Nufuzli oliygoh sari muhim qadamlar!

SamDCHTI akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarimiz ustozlari hamda o'zlarining betinim mehnatlari natijasi o'laroq turli faxrli natijalarni qayd etishmoqda. Jumladan, akademik litseyning ilmga chanqoq va intiluvchan o'quvchilaridan yana biri Habibullayev Abbos Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha xalqaro sertifikat — IELTS, milliy sertifikat CEFR imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib, umumiy 6.0 hamda B2 darajani qo'lga kiritdi.

O'quvchimizni erishgan yutug'i bilan  qutlagan holda, kelgusida bundan-da yuqori natijalarni qayd etishini tilaymiz!

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati