“Odam savdosi davr muammosi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi!

Samarqand davlat chet tillar  instituti akademik litsey o‘quvchilariga jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish hamda global muammolardan biri bo’lib turgan odam savdosi hamda uning oqibatlari haqida o’quvchilarga tushunchalar berildi.

Suhbat davomida Samarqand shahar IIB xodimi inspektor, psixolog, mayor B.B Umurzoqov o‘quvchilarga jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning zarari va noqonuniy aylanishi, qonunan qa’tiyan man etilgani hamda har bir jinoyatga javobgarlik muqarrarligi haqida tushunchalar berdi.

Yig’ilishda SamDCHTI  akademik litseyi birinchi va ikkinchi bosqich o’quvchilari, akademik litsey yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari  F.Ibragimov, Samarqand shahar IIB bo‘limidan inspektor psixolog mayor B.B Umurzoqov, Yoshlar ittifoqi yetakchisi O.Yaxshiboyevlar ishtirok etishdi.