Maxsus stipendiya sohiblari munosib taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son Qarorining 3-ilovasi (Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi)ga hamda Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining “Iqtidorli o‘quvchilari uchun “Rektor stipendiyasini” tayinlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq litseyning iqtidorli o‘quvchilarini “Rektor stipendiyasi” va “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyalariga tavsiya qilish maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi direktorining 2021-yil 28-oktabrdagi 18-son buyrug‘i chiqarildi. Shunga muvofiq Samarqand davlat chet tillar insituti akademik litseyi “Rektor stipendiyasi” va “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyalari uchun nomzodlar bir necha bosqichda saralab olindi.

“Rektor stipendiyasi” va “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyalariga davogarlar sifatida jami bo‘lib 115 nafar akademik litsey o‘quvchilari hujjatlarini topshirshdi. Stipendiyaga davogar talabalarning kelajakda o‘qishga topshiradigan ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1-va 2-blog fanlari hamda AKT va huquq fanlaridan 25 tadan testlar tayyorlandi hamda o’quvchilar mazkur topshriqlarni bajardilar.

“Rektor stipendiyasi” va “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyalariga davogar o‘quvchilar topshirgan yig‘ma jildlar asosida o‘quvchilarning oldingi semesterdan shu kungacha bo‘lgan davrda erishga yutuqlari, jumladan respublika olimpiadalarining turli bosqichlarida g‘olib bo‘lganligi, til bilish darajasini aniqlovchi xalqaro yoki xalqaro sertifikatlarga tenglashtirilgan mahalliy sertifikatkarga ega ekanligi, Akademik litsey miqyosida o‘tkazilgan tanlovlarda ishtirok etib g‘olib bo‘lganligi, Respublika miqyosida o‘tkazilgan tanlovlarda ishtirok etib g‘olib bo‘lganligi, xalqaro tanlovlarda ishtirok etib g‘olib bo‘lganligi, turli onlayn kurslarda ishtirok etganligi, ilmiy nashrlarda maqolalar chop etganligi o‘rganilib chiqildi va baholandi.

Stipendiyalar tanlovlari natijalariga ko‘ra o‘rtacha hisobda eng yuqori ball to‘plagan 42 nafar o‘quvchilarga “Rektor stipendiyasi”, hujjatlarini ishchi guruhga topshirgan o‘quvchilardan oldingi semester natijalari bo‘yicha “barcha fanlarni a’lo baholarga yakunlagan” nomzodlardan eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar o‘quvchiga “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi ta’sis etildi.

Bugun, 21-dekabr kuni mazkur stipendiyalarga loyiq deb topilgan o’quvchilar Samarqand davlat chet tillar instituti rektori To’xtasinov Ilhomjon Madaminovich tomonidan taqdirlandi.

Tadbirda institut rektori o’quvchilarning barchasini erishgan yutuqlari bilan muborakbod etish barobarida ularga kelgusi o’qishlarida ulkan zafarlar tiladi. Jarayon davomida akademik litsey o’quvchilari tengdoshlari uchun turli tillarda tabrik yo’lladilar.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati