Kitobxon o'quvchilar taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-sonli “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularda badiiy-estetik qarashlarni shakllantirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, mazkur yo’nalishda yoshlar o’rtasida kitobxonlikka bo’lgan muhabbat va qiziqishlarni oshirish, jahon va o’zbek adabiyoti durdonalaridan xabardor bo’lishlarini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida joriy yilning 16-dekabr kuni "Eng kitobxon o'quvchi" ko'rik tanlovi o'tkazilganligi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 24-dekabr kuni ushbu tanlovda eng yuqori o'rinlarga munosib deb topilgan kitobxon o'quvchilarimiz akademik litsey mas'ullari tomonidan taqdirlandilar. Natijalarga ko'ra: 1- o'rinni Barotova Marjona, 2-o'rinni Jo'raqulova Hadichabonu, 2-o'rinni Obro'yeva Kamola, 3-o'rinni esa Suvanova Shaxriniso egalladi.

Barcha g'oliblarimizga yutuqlari bardavom bo'ishini, kelgusida yuqori marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz, tanlovda ishtirok etmagan yoki g'oliblikni qo'lga kiritolmagan o'quvchilarimizni ham kelgusida o'tkaziladigan musobaqalarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!