Akademik litsey bitiruvchilari kumush medallar bilan taqdirlanishdi

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi bitiruvchilari o'quv yilini muvaffaqiyatli yakunlab, yangi hayot sari qadam qo'ymoqda. SamDCHTI o’quv ishlari bo’yicha prorektori, akademik litsey direktori Fazliddin Ro'ziqulov litsey bitiruvchilarini ta'lim dargohini muvaffaqiyatli yakunlagani munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

 

Jarayon davomida bitiruvchilarga diplomlar topshirish bilan bir qatorda a'lo baholar bilan tamomlayotganlari kumush medallar bilan taqdirlanishdi. O’zlashtirish ko'rsatkichlari yuqori, fan olimpiada va musobaqalardagi faxrli natijalarga erishgan bitiruvchilar sertifikat va esdalik sovg'alari bilan mukofotlandi.

 

Shundan so’ng akademik litsey ijrochi direktori Boburjon Abdurazzoqov alohida o’rnak bo’la olgan o’quvchilar ota-onalarini maxsus tashakkurnomalar bilan taqdirladi.

 

 

SamDCHTI akademik litseyi axborot xizmati