Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi
Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!
Kirish test sinovlari 25–26-iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.
Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:
25-iyul kuni – 1 smenada o‘tkazilib, soat 15:00 da;
26-iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib:
1- smena soat 9:00 da;
2- smena soat 15:00 da boshlanadi.
Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:
my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;
yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.
Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.