Bayramingiz muborak, tinchlik posbonlari!

Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar, Vatanimiz, tinchlik hamda osoyishtaligimiz, farovon hayotimiz posbonlari bo'lmish Vatan himoyachilari! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha chin yurakdan tabriklayman.

Aynan sizlarning yerda va ko‘kda, suvda va quruqlikda olib borayotgan mardona xizmatlaringiz tufayli osmonimiz musaffo, farzandlarimiz, mo’tabar onalarimiz, keksalarimiz xotirjam yashamoqda, yurtimiz obod, xalqimiz hayoti farovon bo‘lmoqda.

O‘z hayotini Vatan himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlab, g‘oyat mas’uliyatli va olijanob vazifani sharaf bilan ado etib kelayotgan mard va jasur, el-yurtga sadoqatli harbiylarimizga chuqur minnatdorchilik bildiraman!

Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida o‘z vazifasini vijdonan bajarayotgan, issiqni issiq, sovuqni sovuq  demay xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlarni, qolavеrsa, kеchayu kunduz sеrgak turib, davlatimiz sarhadlarini qo‘riqlayotgan, xalqimiz tinchligini ta’minlash uchun jonini bеrishga tayyor turgan harbiylarimizni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Yurt himoyasi, xalq mudofaasida aslo charchamang!

Tinchligimizga ko‘z tegmasin!

Osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin!

Hurmat bilan Zokir Bazarov,

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi ijrochi direktori