SamDCHTI akademik litseyining faol o'quvchilari taqdirlandi

Bugungi kunda yoshlar o'rtasida xorijiy tillarni ommalashtirish hamda ularning chet tillaridagi qobiliyatlarini shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarni rag'batlantirish hamda til o'rganishga bo'lgan ishtiyoqlarini yanada oshirish maqsadida akademik litseyning 2-bosqich 209 va 214- guruhlarida ta'lim olayotgan bur guruh o'quvchilar yil davomida ingliz tili darslarida faol ishtirok etganligi hamda o'z qobiliyatlarini namoyon eta olganliklari uchun Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi Nurullayev Nurali tomonidan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar!

Albatta, o'quvchilarning kichik yutuqlarini rag'batlantirish ham ularning kelgusida erishajak ulkan muvaffaqiyatlarida asos vazifasini o'taydi.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati