Akademik litsey va Qirg‘iziston respublikasidagi ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Qirg‘iziston davlat universiteti rahbariyati taklifiga binoan akademik litsey xodimlari universitet qoshidagi professional kollejning 20-yillik yubileyi bayram tadbiriga qatnashish uchun Qirg‘iziston respublikasida bo‘lib qaytishdi.

 

Tashrif davomida ta’lim muassasalari rahbarlari o‘zaro uchrashib muzokaralar o‘tkazishdi. Muzokaralar natijasida Qirg‘iziston davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, birgalikda bir qancha ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

 

Shuningdek Universitet professional kolleji bilan o‘qituvchilar va o‘quvchilar almashinuvi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Shartnoma doirasidagi ilk loyihalar iyun-iyul oylarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

SamDCHTI akademik litseyi axborot xizmati