Koreyaning Chungbuk Qizlar maktabi delegatsiyasi akademik litseyga tashrif buyurdi
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi Toshkent shahridagi Koreya ta’lim markazi tashabbusi bilan Koreya Chungbuk Qizlar maktabi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan edi.
Hamkorlik ishlari doirasida Koreya Chungbuk Qizlar maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilaridan iborat delegatsiya akademik litseyga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Chungbuk Qizlar maktabi o‘qituvchilari Song Jeong Eun, Kim Mi Young va Akademik litsey ijrochi direktori Boburjon Abdurazzoqov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda hamkorlar o‘rtasida kelajakda amalga oshiriladigan ishlar, shuningdek, akademik litsey o‘quvchilarini Chungbuk Qizlar maktabida safarda bo‘lib koreys tili kurslarida ishtirok etishi masalasi muhokama qilindi.
Shundan so‘ng birgalikda ko‘ngil ochar tadbir va Samarqandning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar tashkillashtirildi.