Akademik litsey o‘quvchilari Janubiy Koreya Respublikasiga o‘quv kurslariga yuboriladi
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi va Kvangju Ayollar Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Kvangju Ayollar Universiteti xodimlari akademik litseyga tashrif buyurib, litsey rahbariyati va o'quvchilari bilan uchrashdi.
Tashrif davomida akademik litsey ijrochi direktori, Islomov Dilshodxon va Kvangju Ayollar Universiteti Xalqaro Ayirboshlash Bo‘limi Direktori Kim Hye-Jong o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, hamkorlik aloqalari doirasida akademik litsey o'quvchilarini Kvangju Ayollar Universitetiga o‘quv kurslariga yuborish, hamda o‘qituvchilar stajirovkasini o‘tkazish kelishib olindi.