Akademik litsey o’quvchilari “Besh tashabbus olimpiada”si viloyat bosqichida ajoyib natijani qo’lga kiritishdi!

Samarqand davlat chet tillari instituti akadmeik litseyi jamoasi “Besh tashabbus olimpiada”sida sportning voleybol turi bo’yicha viloyat bosqichida qatnashib yaxshi natija ko’rsatishdi. Viloyatning o’ndan ortiq jamoalari qatnashgan ushbu musobaqada Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi jamoasi faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi!

Professional ta'lim muassasalari talabalari ishtirok etgan ushbu musobaqada  Yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari D. Rahimova hamda Yoshlar ishlari agentligining Besh tashabbus olimpiadalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Sh.Olimov qatnashib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.