"Besh tashabbus olimpiadasi" hududiy bosqichida sportning voleybol turi bo'yicha akademik litsey o'quvchi qizlar jamoasi 1-oʻrinni qo'lga kiritishdi
Ma'lumki, mamlakatimizda Ayollar Sportiga bo'lgan e'tibor, uni davlat siyosati darajasiga ko'tarish bugungi kunning eng muhim omillaridan biri sanaladi.
Shu bois, akademik litseylar o'rtasida o'tkazilgan "Besh tashabbus olimpiadasi" hududiy bosqichida Sportning Voleybol turi bo'yicha o'tkazilgan musobaqada Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi o'quvchi qizlar jamoasi raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay faxrli1-oʻrinni qo'lga kiritishdi va viloyat bosqichida qatnashish yo'llanmasiga ega bo'lishdi.
Keyingi viloyat bosqichida akademik litseyning o'g'il bolalar va qiz bolalar jamoasiga muvaffaqiyat tilab qolamiz!!!
1-o'rin SamDCHTI akademik litseyi
2-o'rin SamDAQU akademik litseyi.
3-orin O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti akademik litseyi.