Mini-futbol sport turi bo'yicha musobaqa

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarni sog'lomlashtirish, ularni sportga oshno qilish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli xil sport musobaqalari hamda to'garaklar tashkil etilmoqda.

Ana shunday sport musobaqalaridan biri mini-futbol sport turi bo'yicha akademik litseyda tahsil olayotgan 1-kurs o'quvchilari o'rtasida o'tkazildi. Mazkur bellashuv qizg'in va murosasiz kechganligi bilan ishtirokchilar hamda o'quvchilarda o'zgacha taassurot qoldirdi.

Musobaqa yakunida g'olib jamoalar hamda eng yaxshi o'yinchilar aniqlandi va ular munosib taqdirlandilar.

Natijalarga ko'ra faxrli 1-o'rinni 104 guruh, 2- o'rinni 106 guruh hamda 3- o'rinni 103 guruh o'quvchilar egalladilar.

Bundan tashqari ishtirokchilar bir qancha nominatsiyalar bo'yicha ham taqdirlandilar. Unga ko'ra, 102-guruh o'quvchisi Xoliqov Bobur "Eng yaxshi darvozabon", 104-guruh o'quvchisi Norquziyev Behruz "Eng yaxshi himoyachi",

Shuningdek, 108-guruh o'quvchisi  Amriddinov Javohir "Eng yaxshi hujumchi", Yuzboyev Ozodbek esa "Eng yaxshi o'yinchi" deb topilib, diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Musobaqani jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari Boboqulov Xurshid hamda Xamroyev Amir tashkil etdilar.