Sportning mini futbol turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarni sog'lomlashtirish, ularni sportga va sog'lom turmush tarziga jalb qilish, shuningdek, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarini ta'minlash maqsadida turli to'garaklar hamda musobaqalar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Ana shunday musobaqalardan yana biri 2-kurs o'quvchilari o'rtasida sportning mini-futbol turi bo'yicha o'tkazildi. Musobaqa murosasiz bahslarga boy tarzda o'tdi. Yakuniy natijalarga ko'ra:

1- o'rin: 201-guruh o'quvchilari

2- o'rin: 202-guruh o'quvchilari

3- o'rin: 205-guruh o'quvchilari egalladilar

Shuningdek quyidagi nominatsiyalar bo’yicha ham eng faol va iste’dodli o’quvchilar aniqlanib, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi:

“Eng yaxshi o'yinchi” —202-guruh o’quvchisi Tillayev Raxmatullo

“Eng yaxshi pleymeykr” — 201-guruh o’quvchisi Eshimqulov Javoxir

“Eng yaxshi hujumchi” — 201-guruh o’quvchisi Allamurodov Xurshid

“Eng yaxshi himoyachi” — 205-guruh o’quvchisi A'zamov Bexruz

“Eng yaxshi darvozabon” — 201-guruh o’quvchisi Baxtiyorov Firdavs

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati