Shaxmat hamda shashka bo'yicha musobaqa g'oliblari aniqlandi

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan 1-kurs o'quvchilari o'rtasida sportning shaxmat va shashka turi bo'yicha musobaqalar tashkil qilinishi haqida xabar bergan edik. 

Mazkur bellashuvlar akademik litsey mas'ullari tomonidan o'quvchilarning faol ishtirokida o'tkazildi va g'oliblar aniqlandi.

Natijalarga ko'ra:

Sportning shashka turi bo'yicha:
1-o'rin: 105-guruh o'quvchisi Normamatov Shoxrux
2-o'rin: 106-guruh o'quvchisi Erkinov Dilshod  
3-o'rin: 105-guruh o'quvchisi Saidkamolov Sultonxon

Shaxmat  bo'yicha:
1-o'rin: 101-guruh o'quvchisi Habibullayev Abbos  
2-o'rin: 105-guruh o'quvchisi Abdurahmonov Rauf  
3-o'rin: 107-guruh o'quvchisi Salayev Alrizo egalladi

G'oliblar faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati