SamDCHTI akademik litseyida o'tkazilgan shaxmat-shashka musobaqasi g'oliblari taqdirlandi
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlar o'rtasida sportga bo'lgan qiziqishni yanada oshirish va sport tadbirlarini ommalashtirish maqsadida akademik litsey o'quvchilari o'rtasida sportning shaxmat-shashka turi bo'yicha musobaqa tashkil etilib, g'oliblar aniqlangani haqida xabar bergan edik.
Xususan, mazkur musobaqa g'oliblari:
Sportning shashka turi bo'yicha:
1-o'rin: 105-guruh o'quvchisi Normamatov Shoxrux
2-o'rin: 106-guruh o'quvchisi Erkinov Dilshod
3-o'rin: 105-guruh o'quvchisi Saidkamolov Sultonxon
Shaxmat bo'yicha:
1-o'rin: 101-guruh o'quvchisi Habibullayev Abbos
2-o'rin: 105-guruh o'quvchisi Abdurahmonov Rauf
3-o'rin: 107-guruh o'quvchisi Soliyev Alirizolar
SamDCHTI akademik litseyi mas'ullari tomonidan, kecha, 27-aprel kuni faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Jarayon davomida mas'ullar o'quvchilar boshqa sport tadbirlarida faol ishtirok etishlari lozimligini ta'kidlashib, ularga kelgusida omad va muvafaqqiyat tiladilar.
SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati