Iqtidorli o'quvchilar munosib taqdirlandi
SamDCHTI akademik litseyida tahsil olayotgan iqtidorli o'quvchilardan biri Ollomurodov Ozod Xitoy xalq Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan xitoy tilini tirishqoqlik bilan o'rganayotganligi, shuningdek, madaniy-ma'rifiy tadbirlarda faol qatnashib kelayotganligi uchun maxsus stipendiyaga (4 million so'm miqdoridagi) munosib deb topildi.
Ilmga chanqoq o'quvchimizni erishgan yutug'i bilan qutlagan holda kelgusida bundan-da yuqori marralarni zabt etishini tilab qolamiz.


