Mahorat bilan ijro etilgan ''Guli'' monologi barchaga manzur bo'ldi

Chop etish

 

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida o’quvchi yoshlarning bilim olishga bo’lgan intilishlarini yanada oshirish borasida muntazam ochiq dars jarayonlari o’tkazilib kelinadi.

Navbatdagi tashkil etilgan ochiq dars Alisher Navoiy Xamsasidagi to’rtinchi doston, ya’ni “Sab'ai sayyor dostoni tahlili” mavzusida tashkil etilib, unda 102-guruh o'quvchilari qatnashishdi.

Dars jarayoni litseyning ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Zilola Tillaboyeva tomonidan olib borilib, doston haqida o’quvchilarga atroflicha ma’lumot berildi. Jumladan, savol-javob jarayoni ham bo’lib, ''Ha yoki yo'q'', ''G'alvir'', ''Bu meniki'' kabi bir qator interfaol metodlar qo'llanildi.